Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari 30 kungacha Qatarga vizasiz borishlari mumkin.
Buning uchun Oʻzbekiston fuqarolaridan quyidagilar talab etiladi:
- qaytish chiptasiga ega boʻlishi;
- xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam boʻlmasligi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston ham Qatar fuqarolari uchun 1 oylik vizasiz tartibni eʼlon qilgan edi.