Bu haqda endokrinolog Yekaterina Yang aytib o'tdi.
Uning qo'shimcha qilishicha, jigar immunoglobulinlar, interferon va antikorlar sintezi uchun aminokislotalar va oqsillarni yetkazib berish orqali organizmga kasalliklar va infeksiyalarga qarshi turishga yordam beradi.
Ushbu organga ortiqcha yuklama bermaslik uchun shifokor ba'zi oziq-ovqatlarni kundalik ratsiondan chiqarib tashlashni tavsiya qildi. Yangning so'zlariga ko'ra, qayta ishlangan ovqatlar, xususan, konservalar jigarga zarar yetkazadi. Yallig'lanish jarayonlarini qo'zg'atadigan spirtli ichimliklar ham zararli. Bundan tashqari, mutaxassis kofein miqdorini nazorat qilishni tavsiya qildi, deb xabar beradi mir24.tv.
“Ertalab ovqatdan 30 daqiqa o'tgach, bir-ikki chashka qahva ichish xavfsiz hisoblanadi. Biroq, kofeinni haddan tashqari ko'p iste'mol qilish vaqt o'tishi bilan salomatlik bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin”, deb tushuntirdi Yang.
Shiforok shirinliklar va tez tayyorlanadigan taomlarni iste'mol qilishda ham me'yorni unutmaslik kerakligini ta'kidladi.