Energetika sohasida bir qator yirik investitsiya bitimlari imzolandi

    Energetika 27 Dekabr 2023 936

    Joriy yil 27-dekabrda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov energetika sohasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bir qator investitsiya bitimlarini imzolash marosimida ishtirok etdi.

    Xususan, quyidagilar imzolandi:

    Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Masdar (BAA) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida quvvati 2 000 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi va 1 150 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimlarini qurish boʻyicha investitsion bitimlar;

    “Oʻzbekiston Milliy Elektr tarmoqlari” AJ va Gezhouba Group kompaniyasi oʻrtasida energiya saqlash tizimlaridan foydalanish boʻyicha kelishuv;

    Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi va Gezhouba Group kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekistonning 4 ta viloyatida energiya saqlash tizimlaridan foydalanish boʻyicha investitsiya bitimi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.