Ushbu holat yuzasidan vazirlik matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:
Ushbu holat Xorazm viloyati, Shovot tumani, Xitoy qishlog‘ida joylashgan “Yashnarbek Rajabov” xususiy korxonasiga qarashli AGTKSHda 2023 yil 11 fevralm kuni soat 7:00 dan 8:00 ga qadar avtomobillarga 1 metr kub siqilgan gaz 3000 so‘mdan sotilganligi ma’lum bo‘lgan.
Shu kunning o‘zida korxona rahbariyati bilan shoxobchada yuzaga kelgan ushbu holat muhokama qilinib tushuntirish va tavsiyalar berilgan.
Shundan so‘ng 2023 yil 11 fevralm kuni soat 8:00 dan boshlab shoxobchada avtomobillarga 1 metr kub siqilgan gazni 2700 so‘mdan sotilishi yo‘lga qo‘yilgan va hozirgi kunda ham ushbu narxda sotilmoqda.