Farmonga koʻra, Prezidentining ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • yoqilgʻi-energetika resurslarini behuda sarflash hamda ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash;
  • sifatsiz yoqilgʻi mahsulotlari realizatsiyasiga chek qoʻyish borasida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirish.

Jumladan, Prezidentining 2023-yil 24-maydagi Farmoniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (Oʻzenergoinspeksiya) tomonidan yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va isteʼmol qilish faoliyati bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida oʻtkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.