Eng koʼp tanlov oʼtkazgan vazirlik va idoralar roʼyxati eʼlon qilindi

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

    Portalga 78 ta davlat organi va tashkiloti, 208 ta tuman (shahar) hokimligi ulangan boʼlib, ular tomonidan mavjud vakant lavozimlar uchun 140 mingdan ortiq tanlov eʼlon qilindi.

    Eng koʼp tanlov oʼtkazib, TOP-10 talikka kirgan vazirlik va idoralar roʼyxati taqdim etildi. Ular:

    1. Yoshlar ishlari agentligi — 16 152 ta.

    2. Davlat soliq qoʼmitasi — 12 369 ta.

    3. Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi — 11 877 ta.

    4. Moliya vazirligi — 9 573 ta.

    5 Xalq taʼlimi vazirligi — 7 100 ta.

    6. Qishloq xoʼjaligi vazirligi — 5 857 ta.

    7. Maktabgacha taʼlim vazirligi — 5 542 ta.

    8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi — 2 862 ta.

    9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi — 2 568 ta.

    10. Davlat statistika qoʼmitasi — 2 506 ta.