— 26 ta vazirlik va idora tizimida 201 ta kollej mavjud. Belgilangan kvotaga koʻra, 81 325 nafar abituriyent kollejlarga qabul qilinishi kerak. Shundan 12 762 nafari davlat granti asosida, qolgan qismi toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Joriy yilning shu davriga qadar 106 981 nafar abituriyentdan hujjat kelib tushdi. Eng koʻp qiziqish bildirilgan sohalarni tahlil qilsak, bular — tibbiyot, pedagogika, yoʻl-transport, xizmat koʻrsatish sohalari.

62 ta oliy taʼlim muassasasi huzurida 185 ta texnikum faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Yuridik va turizm sohasidagi texnikumlarga saralash test sinovlari toʻliq yakuniga yetdi. Qolgan qismi boʻyicha joriy yilda umumiy 73 mingdan ortiq abituriyentni texnikumga qamrab olish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 153 mingdan ortiq hujjat kelib tushdi.