Fransiyaning Club Med sayyohlik va turizm agentligi, shuningdek, dunyoning bir qator turagentliklari odatda qanday sovgʻalar xaridorgir ekanini maʼlum qildi.
AQSHga tashrif buyurgan sayyohlar mamlakat shirinliklarini sovgʻa sifatida sotib olishsa, Kanada chinor poʻstlogʻidan tayyorlangan siropini eng asosiy sovgʻa sifatida tortiq etadi. Yevropa davlatlarida eng ommabop sovgʻalar soyabon, koʻzmunchoq hamda pivo.
Buyuk Britaniyadan esdalik uchun soyabon sotib olish odatiy hol.
Belgiya, Fransiya va Irlandiyadan shokolad olinsa, Latviya, Litva hamda Polsha zargarlik buyumlari bilan mashhur. Germaniyaning mashhur sovgʻalari pivo, Kiprniki sharob. Italiya niqoblari bilan mashhur. Xorvatiyaga borgan sayyoh, albatta, lavandasiz qaytmaydi.
Osiyoning eng xaridorgir mahsulotlari sifatida Yaponiyada origami, choy, Xitoyda iyerogliflar aks etgan toʻplamlar, Koreyada suvenirlar, shuningdek, choy eʼtirof etiladi.
Sayyohlarga Shri-Lanka oʻyma niqoblar, Yaman xanjar, Eron gilam va sharflar taqdim etadi.