Kecha musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
4x400 metrga yugurish boʻyicha estafeta bahsida startga chiqqan qizlarimiz ikkinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi. Ular qayd etgan 3:46:45 daqiqalik natija yangi milliy rekord sifatida qayd etildi. Shuningdek, uzunlikka sakrash sektorida Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Darya Reznichenko 6.37 metr bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor boʻldi.