Agentlik vakillarining so'zlariga ko'ra, bu shartlar Parij kelishuvi – sanoatdan oldingi darajaga nisbatan haroratning 1,5 darajaga ko'tarilishini cheklash maqsadlariga erishishga imkon beradi. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, quyosh energetikasining rivojlanish sur'atlari va 2021-yildan elektr transport vositalariga o'tilishi ana shu maqsadlarga mos keladi. Shu bilan birga, keyingi o'n yillikning boshidan odamlar har yili toza energiyaga o'tish uchun 4,5 trillion dollar sarmoya kiritishi kerak bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.
Bundan tashqari, agentlik global isishni muvaffaqiyatli to'xtatish uchun davlatlar iqlim bo'yicha va'dalarining ustidan chiqishi va mojarolarga qaramay, kuchlarni birlashtirishi kerak, deb hisoblaydi.