Lavaning oxirgi marta otilib chiqishi 10-iyul kuni bir necha kunlik seysmik faollikdan so'ng sodir bo'lgan. 4-iyuldan beri olimlar ushbu hududda 7000 dan ortiq zilzilani qayd etishdi. Ulardan eng kuchlisining magnitudasi 4,8 ga etdi.
Yoriqning uzunligi 2,7 kilometrga yetadi. Lava hali ham u yerdan oqib chiqmoqda va janubi-sharqdagi kichik, sayoz vodiyda to'planyapti. Keyinchalik u toshib ketishi mumkin, ammo hududda aholi yashamagani uchun odamlar va infratuzilma uchun hech qanday xavf yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.