- yer soligʻi, daromad soligʻi, yuridik shaxslar mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalaridan;

- boʻshab qoladigan mablagʻlarni yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jihozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom ashyo va materiallar xarid qilishga maqsadli yoʻnaltirgan holda oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlarni, mahsulot eksport qilinganda vujudga keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);

- mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning tovarlar roʻyxatini kompleks ekspertiza qilish natijalari boʻyicha ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno);.

EIZda imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:

- 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga;

- 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga;

- 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7 yil muddatga;

- 10 million va undan koʻp AQSH dollari hajmidagi investitsiyalar soʻnggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad soligʻi va yagona soliq toʻlovi stavkalari qoʻllangan holda — 10 yil muddatga beriladi.

-EIZda ishtirok etayotgan korxonalar erkin iqtisodiy zonalar faoliyati davomida eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xom ashyo, material va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.

-Davlat erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilarining muhnadislik-kommunikatsiya tarmoqlarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga oʻz vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini taʼminlaydi.