Erkinjon Turdimovning boshqa ishga oʻtayotgani haqidagi xabarlar rostmi?

    Mamlakatimizda 24 Avgust 2023 1592

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi oʻzgarishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

    Ushbu xabarlarga Samarqand viloyati hokimining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi munosabat bildirdi.

    «Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning boshqa ishga oʻtayotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekani maʼlum qilinadi.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarda bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik soʻraladi.

    Viloyat rahbari oʻz faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda», deyiladi munosabatda.