«15-fevraldan boshlab kim negativ olib kelsa, pul beramiz. Albatta, asosli va isbotlangan boʻlishi kerak. Katta material boʻlsa koʻproq, kichik boʻlsa kamroq pul beramiz.
Men oʻzim alohida pul topib beraman. Kim olib kelishini farqi yoʻq, koʻchadagi odam boʻlsayam mayli. Rasmga olingan boʻlsa, tasdiqlangan boʻlsa.
Qanday ragʻbatlantiramiz? Masalan, mahalla raisi, yoki veterinar bular hammasi byudjetdan oylik oladi. Faoliyatida kamchilik tasdiqlansa, unga 30-40 foizgacha jarima solinadi. Oʻsha pulni ragʻbatlantiruvchi mukofot qilib bersa boʻladi»