Eʼtiborlisi, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etgan ikki hamyurtimiz – Ziyoda Isoqova hamda Guljanoy Naimova oltin medalni qoʻlga kiritdi.

-47 kilogramm vazn toifasida bahslarda qatnashgan Ziyoda Isoqova yarim finalda ham, finalda ham mezbon Eron terma jamoasi aʼzosini magʻlubiyatga uchratdi va gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari chempioni Guljanoy Naimova esa +65 kilogramm vazn toifasida dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi. Isteʼdodli sportchimiz yarim finalda eronlik, finalda esa serbiyalik para taekvondochiga qarshi dayanga chiqdi va oltin medalga sazovor boʻldi.

Yana bir eʼtiborli jihati, Guljanoy Naimova musobaqaning eng yaxshi ayol sportchisi nomiga munosib koʻrilgan boʻlsa, terma jamoamiz treneri Bobur Qoʻziyev musobaqaning eng yaxshi treneri deb topildi.

Shu tariqa ayollar oʻrtasidagi bahslarda terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.