Eronlik investor Buxoroga 3,5 million dollar investitsiya kiritmoqchi

    Agrosektor 7 Yanvar 2021 4122

    Eronlik investor Buxoroda tomchilab sugʻorish asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va oʻrnatish loyihasini amalga oshirish taklifini bildirdi.

    Eronlik tadbirkor Buxoro tumanida 3,5 million dollar miqdorida investitsiya kiritish orqali tomchilab sugʻorish asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va mazkur asbob-uskunalarni oʻrnatish takliflarini ilgari surdi.

    Eronlik ishbilarmon Rizayan Rahi taklif etgan loyiha tuman hokimi Xayrillo Joʻrayev bilan birgalikda muhokama etildi. Suhbatda loyihaning muhim jihatlari eʼtirof etildi.

    Bunda yiliga 30 million metr tomchilab sugʻorish liniyalari ishlab chiqarilib, qishloq xoʻjaligida tadbiq qilish orqali suv resurslarini iqtisod qilishga erishiladi.

    Ushbu tizimining asosiy xususiyatlaridan biri undan sutka davomida nazoratsiz foydalanish mumkin. Tomchilatib sugʻorish uskunalari tez oʻrnatiladi va yigʻish ham oson kechadi.

    Investor muloqot davomida loyiha mahalliy hokimlik tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, uni qisqa muddatda amalga oshirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

    Oʻz navbatida tuman hokimi ham mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda sohadan moʻl va sifatli hosil olish mumkinligini, bu esa davr talabi ekanligini taʼkidlab, bu boradagi masalalarni hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.