Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Parvozlarning ochilishi Oʻzbekiston va Eron rahbariyati oʻrtasida, joriy yil sentyabr oyida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raiysining mamlakatimizga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlar samarasidir.

Xususan, tashrif davomida Eron va Oʻzbekiston oʻrtasida, bir qator viza tartib-taomillarini soddalashtirish va sayyohlik oqimini kuchaytirishga qaratilgan, turizm sohasida hamkorlik dasturi qabul qilindi.

 “Qeshm Air” — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan, 1993-yilda tashkil etilgan Eron aviakompaniyasi boʻlib, mahalliy va xalqaro yoʻlovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.