Ahamiyatlisi, unda oʻzbekistonlik chavandozlar ham gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, ortda qolgan ikki bosqichda raqiblarga qaraganda ancha koʻp ochko jamgʻargan hamyurtlarimiz yakunda Yevrosiyo ligasi atletlari orasida yetakchilikni saqlab qoladi. Boʻlajak bosqichda mazkur mintaqa sportchilari bilan bir qatorda Germaniya va Niderlandiyadan tashrif buyuradigan chavandozlar ham bosh sovrin uchun bellashadi.
Avvalgi musobaqalardan farqli ravishda Qozogʻistondagi bahslar chim qoplamali maydonda oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, avvalgi ikki bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etgan chavandozlarimiz jamoaviy dasturda qatorasiga ikkinchi marta Barselonada boʻlib oʻtadigan konkur boʻyicha Millatlar kubogining final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan boʻlsa, terma jamoamiz yetakchisi Nurjan Tuyakbayev kelasi yil AQSHning Omaxa shahri mezbonlik qiluvchi Jahon kubogining finaliga muddatidan avval yoʻllanmani rasmiylashtirgan.