Qayd etilishicha, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ filiali 4 noyabr kuni 4-IM qozonxonasi hududida elektr taʼminotini o‘chiradi.
Shu sababli Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi.
O‘chirish "Hududiy elektr tarmoqlari"ning rejadagi ishlari bilan bog‘liq. Ish 4 noyabr kuni soat 05:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
Issiq suvni o‘chirish quyidagi hududlarga taʼsir qiladi:
Yunusobod tumani: 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, S-2, S-4, S-5, S-6 mavzelari, Bodomzor, Ergashev, Osiyo, Niyozbek Yo‘li, Amir Temur, Asomov, Ahmad Donish, Bog‘ishamol, Murtazayev, Arifov ko‘chalari.
Olmazor tumani: Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5, S-22, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, S-17 /18 dahalari, S. Olmazor, O. Bobojonov, Qorasaroy, F. Baland, Abdurahmonov, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyev, O‘razboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yo‘li, Noraztepa ko‘chalari.
Shayxontoxur tumani: Zulfiyaxonim, Bahor ko‘chalari, S-12, S-15, S-16 dahalari.
Mirzo Ulug‘bek tumani: S-1, S-2 dahalari, Hamid Olimjon ko‘chasi.
Issiq suv taʼminoti elektr taʼminoti qayta tiklanganidan so‘ng amalga oshiriladi.