Ertaga Toshkent viloyatida velosport-shosse sport turi bo'yicha musobaqa o'tkaziladi

    Viloyat chempionati yoshlar va yosh qizlar o'rtasida bo'lib o'tadi.

    Shu munosabati bilan joriy yilning 19-aprel kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar ayriy yo'llarda transport vositalari harakati cheklanadi, deb yozmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

    Jumladan, 4R12 “Bektemir—Chirchiq—G'azalkent—Chorbog'” avtomobil yo'lining 34-61 kilometrlari oralig'ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start), 4R6 “Toshkent—Chirchiq—G'azalkent—Chimgan” avtomobil yo'lining 56-75 kilometrlari (Amirsoy dam olish maskani chorrahasi) oralig'ida transport vositalari harakati cheklanadi.