Loyiha doirasida psixodiagnostik, psixokorrektsion treninglar, suhbatlar tashkil etilib, jami 103 nafar tinglovchi qamrab olindi.

Markazning 6 nafar psixologi tomonidan tinglovchilar uchun kichik guruhlarga bo'lingan holda o'quv mashg'ulotlari olib borildi. Asosan art-terapiya metodidan keng foydalanildi.  

Loyiha yakunida 23 nafar yoshning psixologik portreti shakllantirildi. Ota-onalar, psixolog va etakchilarga tavsiyalar individual tarzda ishlab chiqildi. Shuningdek, muammoli yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida ular bilan yakka tartibda psixologik konsul`tatsiyalar olib borildi.

Endilikda Uchtepa tumanida joylashgan umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi etakchilar hamda psixologlar maktabdagi muammoli o'quvchilar bo'yicha markaz psixologlari bilan bog'lanib zarur maslahatni olish imkoni yaratilganligi alohida ta'kidlandi.