Hujjatga ko'ra:
➖ 2023 yil 1 yanvardan boshlab, talablardan kelib chiqqan holda, umumiy o'rta ta'lim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarida o'zbek imo-ishora tili va Brayl` alifbosini o'rgatish bo'yicha maxsus o'quv kurslari tashkil etiladi;
➖ maxsus o'quv kurslarida ko'rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo'lgan shaxslar hamda ushbu toifadagi voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar – bepul, qolgan shaxslar – pullik asosda o'qitiladi;
➖ 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
🔹 davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz hajmidagi ko'rsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki “yuguruvchi satrlar” bilan namoyish etiladi;
🔹 davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga o'qishga qabul qilishda ko'rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo'lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo'yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi;
🔹 OTMga kirish imtihonlarida qatnashayotgan eshitish va nutqida nuqsoni bo'lgan abiturientlar majburiy tartibda surdotarjimon xizmatlari bilan ta'minlanadi;
➖ 2024/2025 o'quv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o'qituvchi lavozimiga faqat dars o'tiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.