Chunki ular o'tkazgan tadbir davomida “Qarshi-Toshkent” yo'nalishida harakatlanib ketayotgan qashqadaryolik 20 yoshli e.X. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtotransport vositasining saloni va yukxonasida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid hamda veterinariya kuzatuv hujjatisiz jami 351 kg qoramol go'sht mahsulotlari borligi fosh bo'ldi.

Fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga topshirildi.