Unda dunyoning eng kuchli chavandozlari qatorida Oʻzbekiston terma jamoasining vakillari ham ishtirok etib, yuqori natija koʻrsatdi.
Bahslarning dastlabki kuni toʻsiq balandligi 140 sm boʻlgan marshrutda Abdurahmon Abdullayev Otto van de Achterhoek laqabli otda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, kuchli uchlikni Matts V.G laqabli oti bilan Bekzod Qurbonov yakunlab berdi. 135 sm masofaga bellashuvlarda Bahromjon Gaziyev bilan 5-oʻrin bilan kifoyalandi.
5-oktyabr kungi chiqishda sportchilarimiz medallar jamgʻarmasini ikkita kumush medal bilan toʻldirishdi. Bekzod Qurbonov “6 toʻsiq” yoʻnalishida, Abdurahmon Abdullayev esa 145 sm lik marshrutda sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Bir necha soniyalik farq bilan chavandozlarimiz yevropalik raqiblariga imkoniyatni boy berdilar.
Musobaqaning soʻnggi kuni oʻtkazilgan toʻsiqlar balandligi 150 sm boʻlgan Gran-pri bahslarida Abdurahmon Abdullayev kumush medalni qoʻlga kiritdi.