“Estradadan maqomgacha”: 2-mavsum gʻoliblari aniqlandi

    “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi hamda “Madaniyat va maʼrifat” telekanali hamkorligida tashkil etilayotgan “Estradadan maqomgacha” teleloyihasining 2-mavsumi oʻz nihoyasiga yetdi.

    Loyiha ishtirokchilari yakunda 2 shart boʻyicha bellashishdi. Unda bastakorlik asarlari hamda maqom yoʻnalishdagi qoʻshiqlari ijrosi boʻyicha ijodiy bahs olib borishdi.

    Ushbu mavsumda xonandalarga Oʻzbekiston xalq hofizi Erkin Roʻzimatov va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nodira Pirmatovalar xonandalarning nafaqat tanlangan qoʻshiqlarni oʻrganishlariga balki, ularning tarixi, ijro usullari va asl ijrochilari haqida ham maʼlumot berib borishdi.