Aeroportda bunday sharoitda samolyotlarning uchishi va qo'nishi xavfli degan xulosaga kelindi. Natijada Kataniyadagi reyslarning bir qismi bekor qilindi, ikkinchi qismi esa boshqa aeroportlarga ko'chirildi.
Vulqon atrofidagi shaharlar vulqon kul bilan qoplandi. Etnaning navbatdagi “uyg'onishi” dam olish kunlari Sitsiliyaga yopirilgan yomon ob-havo paytiga to'g'ri keldi. Etna mintaqasida kuchli yog'ingarchilik kuzatilmoqda.
Etna Yevropadagi eng baland nuqtada (3328 metr) joylashgan faol vulqon hisoblanadi. Vulqon yonbag'irlarida ko'plab kraterlar mavjud bo'lib, ular orasida faol va harakatsizlari ham bor. 1950-yildan buyon vulqon bir necha bor harakatga keldi. Vulqon YUNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan, deb xabar beradi mir24.tv.