Bu, asosan, energiya narxining 0,9% ga tushishi bilan bog'liq. Biroq iste'mol savatidagi boshqa mahsulotlarning narxi o'sishda davom etmoqda. Oziq-ovqat, alkogol va tamaki narxi 15,4 foizga o'sdi, bu o'tgan oylarga nisbatan bir oz ko'p.
Iqtisodiyot bo'yicha Yevropa komissari Paolo Jentiloni narxlarning pasayishi bilan bog'liq holatni olqishladi hamda twitterda shunday yozdi:
“Yevrohududda inflyatsiya keskin pasaydi. Bu yaxshi xabar. Ammo asosiy inflyatsiya oziq-ovqat va xizmatlar tufayli yuqoriligicha qolmoqda”.
Yevrohudud mamlakatlari orasida eng past inflyatsiya Lyuksemburgda qayd etildi – 3%. Ispaniya, Italiya va Germaniyada ham sezilarli darajada pasaydi, deb xabar beradi ru.euronews.com.








