Evropa Ittifoqi Turkmanistonga shaxsiy himoya vositalari, COVID -19 uchun test sinovlari va kislorod generatorlarini etkazib beradi, shuningdek, kasalxonalarning ehtiyojlarini tahlil qiladi. Bu “COVID - 19 Markaziy Osiyo mamlakatlarida: Evropa Ittifoqining Inqirozga qarshi choralar (CACCR)” dasturi doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda Evropa Ittifoqining Turkmanistondagi vakolatxonasi matbuot va axborot bo'limi ma'lum qildi.

“COVID -19” pandemiyasining tarqalishi milliy sog'liqni saqlash tizimlari qanchalik himoyasiz va jamoat sog'lig'ida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda qanday munosabatda bo'lishni qayta ko'rib chiqish qanchalik muhimligini ko'rsatdi. SHu bois, CACCR dasturi bugungi kunda zarur dori-darmon va jihozlar bilan ta'minlashdan tashqari Turkmanistondagi laboratoriya va shifoxonalarga ertangi kunda yuz berishi mumkin bo'lgan shunga o'xshash pandemiyaga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi”, dedi elchi va Evropa Ittifoqining Turkmanistondagi Delegatsiyasi rahbari Diego Ruis Alonso.

Umuman olganda, CACCR uchta mamlakat tibbiyot xodimlariga 400,000 shaxsiy himoya vositalari va COVID -19 tashxisi uchun 1000 ta diagnostik sinov to'plamlarini etkazib beradi.

Kislorod generatorlari Turkmanistonga alohida olib kelinadi. SHifoxonalarning tayyorligi va ehtiyojlari tahlil qilinadi hamda ularning har biri uchun harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. CACCR shuningdek, Turkmaniston tibbiyot xodimlari uchun epidemiologik tayyorgarlik treninglarini o'tkazadi.