A.Saidov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, Oliy Majlis quyi palatasi faoliyati, uning qoʻmitalari va fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Suhbat chogʻida delegatsiya aʼzolariga Oʻzbekistonda demokratik davlat qurish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, har tomonlama puxta oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida soʻzlab berildi.
T.Mariani Oʻzbekistonda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalarini ijobiy baholab, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda Oʻzbekiston alohida oʻrin tutishini taʼkidladi.
Tomonlar Oʻzbekiston bilan Yevropa parlamenti oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.