Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Moliya 20 Iyul 2023 1919

    Markaziy bankda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Mehmonlarga mamlakatimizdagi makroiqtisodiy holat, bank tizimi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yirik davlat banklarining xususiylashtirish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

    Tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, monetar siyosat transmissiyasini takomillashtirish, pul va repo auksionlari bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

    Shuningdek, yashil moliyalashtirish yo‘nalishida keng ko‘lamda hamkorlik qilishga kelishib olindi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.