Italiya Evropada koronavirusdan vafot etganlar soni bo'yicha Buyuk Britaniyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi — bir yil ichida pandemiya 103 ming nafardan ortiq italiyalikning hayotiga zomin bo'ldi.
Bir yil oldin Bergamo shifokorlari yordam so'rashgandi. Lombardiya shahridagi shifoxonalarda vaziyat qisqa muddatli tanaffusdan so'ng juda keskin bo'lib qolmoqda, deb xabar beradi Euronews.
Ayni paytda, Bryusselda infektsiyaning uchinchi to'lqini haqida gapirishmoqda, bu erda ham vaziyat yomonlashmoqda.
“Agar epidemiologik vaziyatga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu juda qo'rqinchli ko'rinishi aniq. Biz shtammlardan, ayniqsa britaniyadagi kasallikdan xavotirdamiz. Infektsiyaning uchinchi to'lqini tepaga ko'tarilmoqda, bu esa emlash kampaniyasini tezlashtirishimiz kerakligini taqozo etadi”, — dedi Evropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen.
Pol`shada qat'iy karantin 20 martdan kuchga kiradi va kamida 9 aprelga qadar davom etadi. “Biz cheklovlarni butun mamlakat bo'ylab joriy etmoqdamiz. Ushbu chora-tadbirlar sirasiga — savdo markazlari faoliyatiga cheklovlar, kinoteatrlar, teatrlar, muzeylarning yopilishi, boshlang'ich maktabda ta'lim masofadan turib amalga oshirilishi kiradi”, — deydi Pol`sha sog'liqni saqlash vaziri Adam Nedzel`skiy.
Ispaniyadagi vaziyat markaziy hokimiyatni Evropa Ittifoqi va Shengen hududidan tashqari, boshqa mamlakatlardan keladigan sayoyhlar cheklovini kamida 10 kunga uzaytirishga majbur qilmoqda.
Yangi kasallanganlar ro'yxatining etti haftalik pasayishi aniqlangan infektsiyalar sonining ko'payishi bilan almashtirildi.
Parijda reanimatsiya bo'limlaridan bemorlarni evakuatsiya qilishga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi; shifokorlar ham, bemorlarning qarindoshlari ham transportga qarshi chiqishdi.
“Biz virus yuqtirganlarni aniqlash, tashxis qo'yish, oldini olish va izolyatsiyalash bo'yicha kampaniyani kuchaytiramiz va u mintaqaning barcha bo'limlarida ishlaydi. Va agar kerak bo'lsa, karantin joriy etiladi”, — dedi Frantsiya hukumati vakili Gabriel Attal`.
Evropa pandemiya bilan eng ko'p zarar ko'rgan dunyoning bir qismiga aylandi — bir yilda deyarli 37 million nafar kishi virus yuqtirdi, 866,5 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.