Biroq Rimning birgina qarori Yevropani inqirozdan chiqarish rejasini qabul qilishga toʻsqinlik qilishi mumkin, deydi Bloomberg agentligi.
Soliqni qisqartirish gʻoyasi dastavval Italiya Moliya vazirligi tomonidan ilgari surilgan. Vazirlik mamlakat iqtisodiyoti bilan bogʻliq boʻlgan turizm, avtomobilsozlik va restoran biznesi kabi eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlar uchun toʻlovlarni ikki yilga kamaytirishni taklif qildi.
Biroq Bosh vazir Juzeppe Konte ehtiyotkorlik bilan bu gʻoyani qabul qildi. Bir tomondan, bunday choraning taʼsiri cheklangan boʻladi, deb hisoblaydi hukumat.
«Odatda, bilvosita soliqlarni, xususan, QQSni kamaytirish siyosati, talabni ragʻbatlantirish va butun mamlakat boʻylab narxlarning keng pasayishi hisobiga isteʼmolni tiklashga qaratilgan. Ammo, hozirgi inqiroz tufayli iqtisodiyotdagi noaniqlik sharoitida, italiyaliklar pullarini erkin sarflamaslikni afzal koʻrishlarimumkin - deyiladi agentlik maʼlumotida.
Gap shundaki, YEI mamlakatlari rejani muhokama qilish chogʻida ikki blokga boʻlingan edi: Germaniya va Fransiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan inqirozdan eng koʻp zarar koʻrgan janubiy mamlakatlar va qattiq moliyaviy intizom tarafdori boʻlgan iqtisodi boy shimoliy mamlakatlar.
Birinchi blok, qaytarib berilmaydigan grantlar shaklida keng koʻlamli yordam koʻrsatishni ilgari suradi. Ushbu taklifning bir qismi sifatida Italiya 173 milliard yevro miqdoridagi eng katta yordam paketini olishi mumkin. Butun ittifoq kafolati ostida qarzga olinadigan summaning yarmidan koʻprogʻipast foizli kreditlar shaklida beriladi, qolgan pullar esa shundayligicha taqdim etiladi.
Avstriya, Gollandiya, Shvetsiya va Daniya pulning bunday taqsimlanishiga qarshi, chunki zarar koʻrgan mamlakatlarga faqat kredit berish orqali yordam berish kerak, deb hisoblashadi. Bundan tashqari, mazkur rejani ittifoqning barcha 27 davlati bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan taqdirdagina amalga oshirish mumkin.
Italiyada soliqlarning qisqartirilishi Yevropaning rekord darajadagi davlat qarzi va byudjet taqchilligi, Rim kutgan “pulni masʼuliyat bilan sarflash” qobiliyati va Yevropa Ittifoqidagi nizolarni kuchaytirishi mumkinligiga shubha tugʻdiradi.