"Fajr Open": Dastlabki kunda Charos Qayumova va Ozoda Sobirjonovadan kumush medal

    Tehronda kecha "Fajr Open" xalqaro musobaqasi boshlandi. Dastlabki kungi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakilasi ishtirok etdi. 

    53kg vazn toifasida Charos Qayumova finalga qadar yetib bordi va eronlik taekvondochi Naxid Kiyanichandexga 6:7 hisobida yutqazib qo‘yib, kumush medal sohibasiga aylandi. Musobaqa davomida Qayumova 2 nafar eronlik taekvondochini mag‘lub etgandi.

    Shuningdek 62kg vazn toifasida Ozoda Sobirjonova ham finalga chiqib, eronlik Kosar Asasexga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sobirjonova musobaqada uch nafar eronlik taekvondochini taslim qilgandi.

    Bugun, 7 mart kuni Svetlana Osipova, Iroda Mirtojiyeva, Feruza Sodiqova hamda Dinora Muxtorova musobaqada ishtirok etishadi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.