2018 yil Jakartada o‘tgan Osiyo o‘yinlari yarim finalida hamyurtimiz 4:2 hisobida yutgan. 2019 yil Usi shahrida o‘tgan Katta Dubulg‘a musobaqasi chorak finalida Nikita bu raqibni 2:0 hisobida taslim qilgan. 2021 yil Beyrut shahrida o‘tgan Beyrut Open musobaqasi finalida esa iordaniyalik sportchi dayanga chiqmagan va Rafalovich oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Osiyo o‘yinlari-2018
Yarim final
Nikita Rafalovich - El Sharabati 4:2
Katta Dubulg‘a (Usi) - 2019
Chorak final
Nikita Rafalovich - El Sharabati 2:0
Beyrut Open-2021
Final
Nikita Rafalovich - El Sharabati +:-
Bugungi yarim finalda ham Nikita Rafalovich o‘z an'anasiga sodiq qolgan holda bu raqibni mag‘lub etishiga tilakdoshmiz.