FarDUda targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

    Siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning OAVda eʼlon qilingan «Men umrimni shu xalqqa tikkanman» sarlavhali maqolasi Fargʻona davlat universiteti jamoasida keng oʻrganilmoqda.

    Yigʻilishda olimlar, professor-oʻqituvchilar, faxriy ustozlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

    Siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning OAVda eʼlon qilingan «Men umrimni shu xalqqa tikkanman» sarlavhali maqolasi Fargʻona davlat universiteti jamoasida keng oʻrganilmoqda.

    Universitet Maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtgan yigʻilishda soʻz olgan rektor Bahodirjon Shermuhammadov maqolani mohiyatan yoshlar ommasiga keng targʻib etar ekan, «Prezidentimiz biz uchun, farzandlarimiz kelajagi uchun butun umrlarini tikdilar. Va albatta, biz ham mana shu bunyodkor, donishmand xalqimiz, adolatli yurtboshimiz, jonajon Vatanimiz, aziz farzandlarimizning saodatli ertasi yoʻlida bor imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, jonu-tanimiz bilan, bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil mehnat qilishimiz, bor ilmu salohiyatimizni ishga solishimiz nihoyatda zarur,» deya oʻz munosabatini bildirdi. Yigʻilishda olimlar, professor-oʻqituvchilar, faxriy ustozlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Bugun ushbu munosabat ruhidagi targʻibot tadbirlari Fargʻona davlat universiteti jamoasi boʻylab oʻtkazilib, koʻp ming sonli talabalar davrasida ham davom etdi va endilikda barcha fakultetlarda, kafedralarda, oliygohga biriktirilgan mahallalarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafiqovning «Men umrimni shu xalqqa tikkanman» sarlavhali maqolasi mohiyati chuqur oʻrgatilmoqda.