Sifatli tibbiy taʼlim — salomatlik garovi

    Ta'lim 31 May 2025 1154

    Yangi Oʻzbekistonda tibbiy taʼlim tizimi nafaqat soha rivojining asosiy poydevori, balki raqobatbardosh, bilimli va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi strategik yoʻnalish ham hisoblanadi. Sohadagi bunday oʻzgarishlar yurtimizdagi tibbiyot taʼlimi va amaliyotini zamonaviy bosqichga olib chiqish maqsadini koʻzlagan.

    Andijon davlat tibbiyot institutida ham taʼlimni rivojlantirish tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, amaliyot va nazariyani uygʻunlashtirish hamda tibbiyot fanining ilgʻor yutuqlarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish orqali amalga oshirilmoqda.

    Davlatimiz rahbari 2021-yili viloyatga tashrifi chogʻida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida boʻlib, u yerdagi ahvolni koʻzdan kechirar ekan, klinikani toʻliq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, koʻz kasalliklari va urologiya boʻyicha murakkab operatsiyalar oʻtkazadigan tibbiyot markazi tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

    “Inson qadrini ulugʻlash, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlash uchun, eng avvalo, odamlarning salomatligi va yashash sharoitini yaxshilashimiz kerak. Institut va klinika bu borada katta markazlardan biri boʻla oladi. Buning uchun zarur sharoitlar yaratamiz. Faqat taʼlim metodikasini yangilash, dunyo tibbiyotida qoʻllanayotgan ilgʻor uslublarni tatbiq etish kerak”, deya taʼkidlagandi davlatimiz rahbari.

    Xoʻsh, oʻtgan 4-yil davomida mazkur tibbiyot taʼlim dargohida qanday oʻzgarishlar sodir boʻldi? Berilgan topshiriq va vazifalar qay darajada bajarildi?

    Yangi Oʻzbekiston ruhi

    — Aholi sogʻligʻini ishonchli muhofaza qilish, tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasini oshirish davlatimizning doimiy eʼtibor markazida boʻlib kelmoqda. Buni har bir yurtdoshimiz kundalik turmushida sezib, koʻrib yashayapti. Prezidentimiz 2021-yil 29-sentyabr kuni Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida institutimiz klinikasi bilan tanishgani muhim voqea boʻldi va institutimiz faoliyatida tub burilish yasadi, — deydi Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madamin Madazimov. — 2021-yil 25-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ham qabul qilindi va ish jarayonlari boshlanib ketdi. Klinika hududidagi 2 gektar maydonda institutning 2000 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosi qad rostladi. Bino 7 qavatdan iborat boʻlib, har bir qavatda 28 ta xona mavjud. Oʻquv xonalari interaktiv doskalar, zamonaviy oʻquv jihozlari bilan taʼminlangan.

    Oʻquv binosida 12 ta maʼruza zali mavjud. Binoning ikkinchi qavatida jahon standartlariga mos, katta imkoniyatlarga ega simulyatsiya markazi joylashgan. Uchinchi qavat stomatologiya yoʻnalishi uchun moʻljallangan zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan. Binoda asosan klinik kafedralar oʻrin olgan. Klinika va mazkur oʻquv binosi oʻrtasida teletibbiyot tizimi xizmati joriy qilingan. Jarrohlik boʻlimlarida amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻridan toʻgʻri oʻquv xonalariga uzatib koʻrsatiladi.

    Talabalar ushbu jarayonda shifokorga oʻz savollarini berish va bir vaqtning oʻzida javob olish imkoniga ega. Institutning markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi qurib bitkazilgani ham talabalarga qulay imkoniyatlar yaratdi. 4 qavatdan iborat boʻlgan bino 400 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 30 ta oʻquv, 21 ta laboratoriya xonasiga ega. Shuningdek, yana bir qancha yordamchi bino va inshootlarda qurilish yakunlanish arafasida.

    Taʼlim dargohi soʻnggi yillarda qator yutuqlarga erishdi. Oʻtgan yili UI Green Metric World University Ranking (Yashil universitetlarning global reytingi) dunyo universitetlarining xalqaro reytingida sertifikat bilan taqdirlandi.

    Institutning davolash ishi (oʻzbek, rus va ingliz tilida), stomatologiya fakultetlari taʼlim dasturlari Qozogʻistonning ECAQA markazi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Albatta, bu jarayonlarning barchasi mamlakatimizda kechayotgan istiqbolli islohotlar va institut professor-oʻqituvchilarining hamjihatlikdagi samarali mehnati va fidokorligi natijasidir.

    Zamonaviylik faqat texnologik taraqqiyot emas

    Tibbiyotdagi zamonaviylik faqat texnologik taraqqiyot emas, balki taʼlim, diagnostika, davolash va boshqaruv sohalaridagi keng qamrovli yangilanishlarni oʻz ichiga olgan bosqichdir. Andijon davlat tibbiyot instituti ham yangi bosqich va yangilanishlar qamrovida dunyoning tibbiyot sohasidagi 60 dan ziyod universitet va instituti bilan xalqaro hamkorlik qilmoqda.

    Hozir 105 ta xalqaro shartnoma imzolangani va xorijiy oʻquv yurtlari bilan doimiy tarzda talaba va mutaxassislar almashinuvi yoʻlga qoʻyilgani ham soʻnggi yillarda institutda kechayotgan izchil islohotlar natijasidir. Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti bilan stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturi asosida ayni paytda institutning 47 talabasi Dogʻistonda tahsil olmoqda.

    2023-yilda institut Koreya milliy transport universiteti bilan hamkorlikda “Paratibbiyot” yoʻnalishi faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Bugungi kunda 16 talaba ushbu yoʻnalishda oʻqimoqda. Institutning moddiy-texnik bazasida yaratilgan sharoitlar, qulay muhit, nazariya va amaliyotning uygʻunligi malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

    Tibbiyotda Andijon brendi yaratiladi

    Tibbiyotdagi zamonaviylik faqat texnologik taraqqiyot emas, balki taʼlim, diagnostika, davolash va boshqaruv sohalaridagi keng qamrovli yangilanishlarni oʻz ichiga olgan bosqichdir. Andijon davlat tibbiyot instituti ham yangi bosqich va yangilanishlar qamrovida dunyoning tibbiyot sohasidagi 60 dan ziyod universitet va instituti bilan xalqaro hamkorlik qilmoqda.

    Hozir 105 ta xalqaro shartnoma imzolangani va xorijiy oʻquv yurtlari bilan doimiy tarzda talaba va mutaxassislar almashinuvi yoʻlga qoʻyilgani ham soʻnggi yillarda institutda kechayotgan izchil islohotlar natijasidir. Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti bilan stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturi asosida ayni paytda institutning 47 talabasi Dogʻistonda tahsil olmoqda.

    2023-yilda institut Koreya milliy transport universiteti bilan hamkorlikda “Paratibbiyot” yoʻnalishi faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Bugungi kunda 16 talaba ushbu yoʻnalishda oʻqimoqda. Institutning moddiy-texnik bazasida yaratilgan sharoitlar, qulay muhit, nazariya va amaliyotning uygʻunligi malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

    Tibbiyotda Andijon brendi yaratiladi

    Zamonaviy tibbiyot taʼlimi nafaqat bilimli va malakali kadrlar yetishtirishni, balki innovatsion texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etishni ham oʻz ichiga oladi. Andijon davlat tibbiyot institutidagi yangilanishlar yangi Oʻzbekistonda kechayotgan shiddatli, istiqbolli oʻzgarishlarning kichik bir koʻrinishidir.

    Institutda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida joriy oʻquv yilidagi 2297 bitiruvchining 800 nafardan ziyodi ish bilan toʻliq taʼminlangan.

    Ilmiy faoliyat sohasida ham Andijon tibbiyot institutining yutuqlari talaygina. Institutning travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri Qobil Xudoyberdiyevning II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangani va “Yilning eng yaxshi shifokori” respublika tanlovida “Yilning eng yaxshi neyroxirurgi” nominatsiyasi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagani ushbu maskandagi izchil islohotlarning natijasidir. “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar koʻrgazmasi — «KIWE” — 2024»da Koreya ixtirochi ayollari uyushmasi tomonidan institutning gospital pediatriya kafedrasi dotsenti Hurmatoy Xonkeldiyeva oltin medal bilan taqdirlandi.

    Tibbiy taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan 950 oʻqituvchining 60 nafari fan doktori, professor, 256 nafari esa fan nomzodi, dotsentdir. Bilimli va tajribali ustozlar taʼlimini olgan talabalar ham ular ortidan ergashib, salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida institutning 6 talabasi Prezident va boshqa davlat stipendiyalariga sazovor boʻldi. “Samarqand — 2020” V xalqaro tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari olimpiadasida ishtirok etgan 20 dan ziyod talabaning yuqori oʻrinlar va turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgani alohida eʼtiborga molik voqeadir.

    Ha, yuksak saviyadagi tibbiy kadrlar faqatgina kasalliklarni davolovchi shifokorlar emas, balki jamiyatning sogʻlom turmush tarzi va profilaktika madaniyatini shakllantiruvchi yetakchilardir. Shu bois, tibbiyot taʼlimidagi islohotlar va yutuqlar mamlakat sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.


    Gulichehra DURDIYEVA,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri


    Hamkorlik materiali