Parvozlar haftaning dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari bajarilishi rejalashtirilgan. Qatnovlar “Humo air” MCHJ ning An-2 havo kemasida bajariladi.
Fargʻona – Soʻx yoʻnalishida parvoz mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da va Soʻx – Fargʻona yoʻnalishida esa soat 12:00 da amalga oshiriladi.
Aviachipta narxi esa bir tomonga 150 000 soʻm etib belgilangan, deya xabar berdi Transport vazirligi Axborot xizmati.