Fargʻonadagi “Istiqlol” oʻyingohida Osiyo Kubogining 6 ta uchrashuvi oʻtkazilishi rejalashtirilgan:

“B” guruhidagi barcha oʻyinlar (Qatar-Avstraliya uchrashuvidan tashqari) hamda “A” guruhining Oʻzbekiston-Indoneziya bellashuvi.

1-mart kuni Avstraliya-Vetnam hamda Qatar-Eron jamoalari “Istiqlol”da maydonga chiqishadi.

4-mart kuni Fargʻonada Eron-Avstraliya hamda Vetnam-Qatar uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.

7-mart kuni Vetnam-Eron jamoalari bellashuviga guvoh boʻlsak, soʻngra Oʻzbekiston terma jamoasining Indoneziyaga qarshi uchrashuvi boʻlib oʻtadi.