Shoirlar tadbir avvalida institutda talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, xususan “Renessans hall”, “student office” hamda yangi tashkil etilgan muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng, institut madaniyat saroyida talaba yoshlar va shoirlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida, shoirlar ijodiy faoliyatlarini qanday boshlaganliklari, oʻz sheʼrlarida milliy qadriyatlarni qanday aks ettirishlari, hayot yoʻllarida duch kelgan qiyinchiliklar va ularni qanday yengib oʻtganliklari boʻyicha talabalar bilan oʻrtoqlashdilar.
Shuningdek tadbirda institut talaba yoshlari tomonidan tayyorlangan Jadid bobolarimizga bagʻishlangan badiiy sahna koʻrinishi ham namoyish etildi.
Tadbir soʻngida, shoirlar talabalarga oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida qanday fikrlash va harakat qilish kerakligi haqida fikr mulohazalarini bildirdi.
Kunning ikkinchi qismida, shoirlar Quvasoy shahridagi 3 va 13- umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, oʻquvchilar bilan ham samimiy muloqot oʻtkazdi.
Muloqot yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Hamkorlik materiali