Unga ko‘ra, HY670 Novosibirsk-Farg‘ona aviaqatnovi aeroportda texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi va quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

HY670 Novosibirsk-Farg‘ona aviaqatnovi:

Jo‘nab ketish Novosibirsk vaqti bilan soat 17:00 da belgilangan;

Farg‘onaga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da belgilangan.

Shuningdek, joriy yilning 17-noyabr kuniga rejalshtirilgan HY635/636 Farg‘ona-Sankt-Peterburg-Farg‘ona aviaqatnovlari texnik sabablarga ko‘ra kechiktiriladi va quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

Farg‘onadan jo‘nash mahalliy vaqt bilan soat 19:00;

Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bilan 22:35 da yetib kelish.

Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish mahalliy vaqt bilan soat 23:55 da;

Farg‘onaga yetib kelish 18-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00.

“Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”, deyiladi xabarda.