Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “W.H.” MCHJga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi xaridor M.X.ga “Premium Space Gold” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotganligi aniqlanib, ushbu savdo doʻkoni va omborxonasidan umumiy bahosi 75,4 mln soʻmlik tegishli hujjatlari boʻlmagan turli nomdagi jami 2 671 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.c.h.” MCHJga qarashli savdo doʻkonidan 60 turdagi 495 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.