Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 1-avgust holatiga qiymati 36,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 47,7 ming tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga koʻp.

Eksport qilingan jami shaftolining 34,9 foizi yaʼni, 16,7 ming tonnasi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi oʻrinlarni egallagan.

Maʼlumot oʻrnida, Rossiyaga 22,1 ming tonna va Qozogʻistonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.