Energetika vazirligi xabariga koʻra, mazkur nosozlikni zudlik bilan bartaraf qilish maqsadida soat 16:00 gacha tarmoq taʼmirga chiqarilgan.

«Hozirgi vaqtda Beshariq, Buvayda hamda Oʻzbekiston tumanlarining ayrim isteʼmolchilari (8000 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.

Ayni paytda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻidagi nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda», deyiladi xabarda.