Mazkur loyiha Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan yaratilgan Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) negizida amalga oshiriladi.

Markaz zamonaviy uskunalardan foydalangan holda tahliliy, sertifikatsion va tadqiqot ishlarining bajarilishini taʼminlaydi.

Ushbu jarayonni amalga oshirishda akkreditatsiyadan oʻtkaziladigan xalqaro laboratoriyani ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Markaz mamlakatimizda isteʼmolda boʻlgan va Oʻzbekistondan eksport qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini yaxshilash uchun ozuqa mahsulotlarini ISO, HACCP, FSSC, Global GAP, «Xalyal» singari 15 tadan ortiq xalqaro standartlari asosida sertifikatlaydi.