Qayd etilishicha, shu yilning 30-yanvar kuni oʻtkazilayotgan reyd tadbiri davomida, 2004-yilda tugʻilgan fuqaro M.Gʻ. amakisi Yo.Gʻ.ga tegishli “BYD Song EV” rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 149-son Qarori asosida YPX inspektori, safdor R.Q. tomonidan jarima maydonchasiga olib ketilayotganda, 2007-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan X.N. ustozi A.S.ga tegishli “Damas“rusumli avtomobilni haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, “Qapchugʻay“ mahallasida ikkinchi darajali yoʻldan asosiy yoʻlga chiqib yuborishi natijasida, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi 2007-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan X.N. ga ustozi A.S. X.N.ning haydovchilik guvohnomasi yoʻqligini bila turib, unga oʻzining “Damas“rusumli avtotransport vositasini bergan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.