Qayd etilishicha, shu joriy 13-fevral kuni Uchkoʻprik tumani, “Farovon” MFY, Kaltasoy qishlogʻida yashovchi fuqarolar— T.B va uning tanishi, U.D Qoʻqon shahar, “Zilo”l MFY, A.T. Xuqandiy mavzesidagi koʻp qavatli uylar oldida turgan chinor daraxtini qasddan shikastlab, uni nobud qilgan.

Mazkur shaxslar aniqlanib, ularning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan huquqbuzarlik sodir etilgani sababli, ularning har biriga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, chinor daraxtini kesish holati boʻyicha Qoʻqon shahar IIB Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilib, mazkur fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi (yashil zonalarda daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish yoki shikastlash) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.