Fargʻonada limon eksporti avj olyapti

    Biznes 7 Oktabr 2020 1295

    Fargʻonaning limon eksport hajmi 1 million 335 ming dollarga yetdi.

    Fargʻona viloyatidan 2020-yilning oʻtgan davri mobaynida qariyb 1 million 335 ming dollarlik 875 tonna limon xorijga eksport qilindi. Viloyatda limon ekportyorlari 178 nafarni tashkil qiladi.

    Viloyatda yetishtirilgan limon asosan Qirgʻiziston, Rossiya va Qozogʻistonga yetkazib berilyapti, deb xabar beradi Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.