Bu borada Qozon (Volgaboʻyi) Federal Universiteti Yelabuga Instituti bilan universitetda boʻlib oʻtgan rasmiy uchrashuv har ikki tomon uchun manfaatli boʻldi.
Rasmiy uchrashuvda Yelabuga instituti (filiali) direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Irina Petrovna Mixaylova hamda abituriyentlarni qabul qilish va chet ellik talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Oshkina Alesya Gennadevna tomonlarning maqsad va rejalarini bayon qildirlar.
Jumladan, uchrashuv kun tartibidan oʻrin olgan psixologiya va pedagogika yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlimiy dasturlarni yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga boshqa taʼlimiy yoʻnalishlarda ham qoʻshma taʼlimiy dasturlarni amalga oshirish, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyatini yaratish, talabalarning akademik mobillik dasturlarini olib borish, hamkorlikda “VIII Maxmutovskiye chteniya” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish kabi muhim masalalar delegatsiya aʼzolari muhokamasida boʻldi.
Kelishuvlar asosida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish hamda kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.