Fargʻonada uyida jangovar qurol va oʻq-dorilarni saqlab kelgan shaxs qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 11 Dekabr 2023 618

    Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qoʻyildi.

    Fargʻona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash hamda jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha oʻtkazilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar davomida 298 nafar tezkor vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi shaxslarning yashash manzillarida kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi

    Tadbirlar davomida 96 ta jinoyatlar aniqlandi.

    Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

    Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qoʻyildi.

    Oʻtkazilgan tadbirlar natijasida, 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yaroqlar, 221 ta oʻq-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.

    Misol uchun, Toshloq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro oʻz xonadonida 8 dona jangovar ov quroli oʻq dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar oʻq-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelinganligi aniqlandi.

    Shuningdek, joriy yilning 9-dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar natijasida, muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Margʻilon shahar Guliston MFY B.Margʻiloniy tor koʻchasi 11-uyda yashovchi 1988-yilda tugʻilgan, tezkor vaziyatga salbiy tasir koʻrsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor B.Hamidov shaxsga ogʻir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi.

    Tadbirlar davom ettirilmoqda