O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi 25 yoshli fuqaro A.J. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, A.J. soxta havola yaratib, uni "onlayn kredit" yoki "moddiy yordam olish uchun bu manzilga bank karta ma’lumotingizni kiriting" mavzulardagi soxta reklamalarni turli kanal va guruhlarda tarqatib, bank karta boshqaruvini berib qo‘ygan fuqarolarning pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan.
Jinoyat sodir etgan A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va uning boshqa jinoyatlarini ham aniqlash yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, A.J. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi